Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugundan Tog‘li Qorabog‘da sulh rejimi kuchga kiradi — AQSh davlat departamenti

Bugundan Tog‘li Qorabog‘da sulh rejimi kuchga kiradi — AQSh davlat departamenti

Foto: «RIA Novosti»

Bugun, 26-oktyabr, soat 9:00 (T.V.)dan Tog‘li Qorabog‘da sulh rejimi kuchga kiradi. Bu haqda ma’lum qilgan AQSh davlat departamenti Vashington Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida izchil muzokaralar olib borilishida vositachi bo‘lganini ta’kidladi.

Davlat departamenti vakillariga ko‘ra, AQSh sa’y-harakatlari natijasida tomonlar nizoni tinch yo‘l bilan hal etishga yaqinlashishi mumkin, deyiladi «RIA Novosti» xabarida.

Yarashuv tomon ilk urinish 10-oktyabrda bo‘lgan: Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov vositachiligida Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, o‘n soatdan ko‘proq davom etgan muzokaralar yakunida Jayxun Bayramov (Ozarbayjon) va Zograb Mnatsakanyan (Armaniston) Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bitimga imzo chekishgandi.

Ammo hech qancha o‘tmay, jangovar harakatlar qolgan joyidan, Boku va Yerevan esa bir-birini bitimni buzishda ayblashda davom etdi.

18-oktyabrdagi yarashishga urinish ham ish bermadi.

Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘ nizosi (oxirgisi) bir oydan beri (27-sentyabr) davom etmoqda.

P.S.: Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha bugundan kuchga kirgan sulh buzilgani aytilmoqda, hozircha Ozarbayjon Armanistonni ayblab chiqdi, Armaniston ham javobini kechiktirmasa kerak. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring