Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buvi nevarasini o‘g‘irladi va sotib yubordi

Buvi nevarasini o‘g‘irladi va sotib yubordi

Uttar-Pradesh (Hindiston)da yashovchi Shivangi ismli ayol farzandli bo‘ldi, ammo uning onalik baxti uzoqqa cho‘zilmadi.

Chaqaloqning buvisi, ya’ni Shivangining onasi chaqaloqqa bajonidil g‘amxo‘rlik qilardi. Bir kuni Shivangi va uning turmush o‘rtog‘i ish bilan uydan chiqib ketishdi. Ammo qaytib kelishganida buvi va nabira izsiz yo‘qolgandi. Qayg‘uga botgan er-xotin politsiyaga murojaat qildi va shundan so‘ng surishtiruv boshlandi.

Chaqaloqning buvisi Babita hibsga olindi va u bolani Jamuna ismli ayolga sotganini tan oldi. Jamuna o‘z navbatida, chaqaloqni shifokor Dipak Tyagiga olib bordi va shifokor bolani Amarvir ismli «xaridor»ga sotdi. Bu kelishuvdan shifokor 1200 dollarga yaqin, jinoyatchi ayolning har biri 600 dollar ishlab topgan. Biroq yig‘ilgan pul ularning hech biriga buyurmadi, chunki bitimning barcha ishtirokchilari hibsga olingan. Biroq, Shivangi uchun eng muhimi – o‘g‘li unga qaytarildi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring