Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sariq nimchalilar Londonda

Sariq nimchalilar Londonda

Foto: «Twitter»

London markazida 60 nafarga yaqin kishi Vestminster ko‘prigida transportlar qatnovini bir muddatga to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda «The Sun» nashri xabar berdi.

Guvohlarga ko‘ra, britan bayrog‘ini ko‘tarib olgan bu insonlar yo‘lni to‘sib, bir ovozdan «Hoziroq Brexit!» deb qichqirishgan. Ularning aksariyati xuddi Fransiyadagi namoyishchilar kabi sariq nimchalar kiyib olgan.

Politsiya namoyishchilarni yo‘lning mashinalar qatnaydigan qismini bo‘shatishga majbur qilgan. Hech bir namoyishchi hibsga olinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring