Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

CNN telekanali mudhish videoni e’lon qildi

CNN telekanali mudhish videoni e’lon qildi

Foto: CNN

CNN telekanali Ukrainadagi rus askarlari ikki nafar tinch aholi vakilini ortidan otib tashlagani ta’kidlangan videoni e’lon qildi.

Jurnalistlar halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan. Ular — 68 yoshli qo‘riqchi Leonid Plyas va nomi hozircha oshkor etilmagan avtosalon egasi.

Telekanal ixtiyorida Kiyev yaqinidagi avtomagistrallardan birida joylashgan dilerlik do‘koni hududida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralaridan olingan yozuvlar bo‘lgan. CNNga ko‘ra, yozuvlar 16 mart kuni Rossiya harbiylarining Ukraina poytaxtini egallashga urinishi vaqtida olingan.

Telekanal videodagi askarlarning qaysi tomonga tegishli ekanligini ularning kiyim-kechaklari, guvohlarning so‘zlari va o‘sha paytda hududni kim nazorat qilgani asosida tahlil qilgan.

Videoda Leonid Plyas va salon egasi harbiylar oldiga chiqishgani, harbiylar ular bilan nimadir haqida gaplashib, ularni qo‘yib yuborishgani ko‘rinadi. So‘ng Plyas va sherigi xavfsizlik postiga qaytayotganida kutilmaganda askarlar ularni orqasidan otib tashlaydi.

Hodisadan biroz o‘tgandan so‘ng yaralangan Plyas o‘rnidan turib, qo‘riqlash postiga yetib keladi va u yerdan ukrainalik ko‘ngillilarga qo‘ng‘iroq qildi. Ko‘ngillilar bo‘linmasi komandirining CNN telekanaliga aytishicha, ular rus harbiylari bilan otishmaga kirishib, qo‘riqchining oldiga yetib kelishgan. Plyats binodan olib chiqilgan, ammo u ko‘p qon yo‘qotishdan vafot etgan.

Mahalliy politsiyaning 9 maydagi ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev viloyatida 1254 nafar tinch aholining jasadi topilgan. Rossiya ushbu qirg‘inlarga aloqadorligini rad etib kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring