Collins lug‘ati 2026-yil so‘zini tanladi
Buyuk Britaniyada nashr etiladigan Collins ingliz tili lug‘ati 2026-yilning eng ommalashgan so‘zini tanladi. Mazkur maqomga «mogging» (mogging) so‘zi loyiq ko‘rildi.
«Mogging» — biror kishidan ustun kelish, o‘z jozibasi yoki muvaffaqiyati bilan boshqalarni soyada qoldirish harakatini anglatadi. Ushbu so‘z yoshlar slengidagi AMOG qisqartmasidan kelib chiqqan deb hisoblanadi.
Lug‘at tuzuvchilarining qayd etishicha, «mogging» so‘zi Z va Alfa avlodi vakillari tomonidan ko‘proq hazil va piching ma’nosida — kimdir boshqa bir insonning soyasida qolib ketgan vaziyatlarni ta’riflash uchun ishlatilmoqda.
Shuningdek, yil so‘zi bo‘lishga da’vogarlar ro‘yxatidan «karspreding» (avtobus yoki poyezdda yonma-yon o‘tirganda oyoqlarni keng yoyib, boshqalarga xalaqit berish), «manchesterizm», «issiqlik to‘lqini» va «arvoh-vakansiyalar» (aslida mavjud bo‘lmagan soxta ish o‘rinlari) kabi so‘zlar ham joy olgan.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter