Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Dog‘iston qalbidagi dog‘». Fojia sababi ma’lum qilindi

«Dog‘iston qalbidagi dog‘». Fojia sababi ma’lum qilindi

Dog‘iston Respublikasining Maxachqal’a shahridagi yonilg‘i quyish shoxobchasida ro‘y bergan kuchli portlash sabablari o‘rganilmoqda.

Dog‘iston rahbari Sergey Melikov fojia ayrim shaxslarning ochko‘zligi va tamagirligi sabab ro‘y berganini ma’lum qildi.

«Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi yonida texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi faoliyat yuritishi mumkin emas. Texnik xizmat jarayonida payvandlash ishlari olib borilishi kundek ravshan. Yonilg‘i quyish shoxobchasida esa tez alangalanuvchi suyuqlik va gaz saqlanadi», – deydi Dog‘iston rahbari.

Rossiya tergov qo‘mitasining dastlabki o‘rganishlariga qaraganda, Maxachqal’adagi portlash tez yonuvchi ximikatlarni saqlash qoidalari buzilgani sababli ro‘y bergan. 

14 avgust kuni Dog‘iston poytaxtidagi avtoservisda yong‘in yuzaga kelgan, tilsiz yov yonilg‘i quyish shoxobchasiga o‘tgan, so‘ng portlash sodir bo‘lgan.

Dog‘iston AYoQShlari uyushmasi raisi Yusuf Charaburayev portlash kuchi trotil ekvivalentida 35 tonnaga teng bo‘lganini ma’lum qilgan.

Rossiya tergov qo‘mitasining Dog‘iston bo‘yicha boshqarmasi portlash ortidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida 35 kishi vafot etgan, 80 kishi jarohatlangan. 65 kishi hamon shifoxonada qolmoqda. 15 avgust Dog‘istonda motam kuni deb e’lon qilingan.

Rossiya bosh prokuraturasi Dog‘istondagi barcha yonilg‘i quyish shoxobchalarida yong‘in xavfsizligiga nechog‘li rioya etilayotganini tekshirishni buyurgan. 2014 yildan buyon mintaqadagi AYoQShlarda 9 ta baxtsiz hodisa ro‘y bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring