Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Tramp: «Obama hukumati Shimoliy Koreya bilan urush bo‘sag‘asiga kelib qolgan ekan»

Donald Tramp: «Obama hukumati Shimoliy Koreya bilan urush bo‘sag‘asiga kelib qolgan ekan»

Foto: «currenttime.tv»

«AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Shimoliy Koreya bilan urush bo‘sag‘asiga borib qolgan», – dedi Amerikaning amaldagi rahbari Donald Tramp. Bu haqda «Aif.ru» xabar bermoqda.

Tramp Montana shtatiga tarafdorlari bilan uchrashuvga ketayotib Obama davrida Shimoliy Koreya juda ko‘p marta yadroviy qurollarni sinovdan o‘tkazganini ma’lum qilgan.

Agar Obama Shimoliy Koreya bilan urushganida 50 million kishi halok bo‘lar edi.

«Shimoliy Koreya yadroviy qurollar ishlab chiqarish dasturini sir tutishda qiynalayaptimi?» degan savolga Tramp «Ko‘ramiz» deya javob qaytargan.

Tramning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 8 oy mobaynida Shimoliy Koreya birorta yadroviy qurolni sinovdan o‘tkazmagan.

Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi bilan muzokaralar ko‘ngildagidek o‘tganini ta’kidlagan.

Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In o‘z vatani kelajagi uchun yaxshi yo‘l tanlaganini qayd etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring