Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng boy odami bir haftada 9 milliard ishladi

Dunyoning eng boy odami bir haftada 9 milliard ishladi

Foto: «AFP»

«Forbes» jurnali ma’lumotiga ko‘ra, dunyodagi eng boy kishi — «Amazon» rahbari Jeff Bezosning daromadi bir haftada 9 milliard dollarga oshgan.

Juma kungi auksionlar natijasida onlayn-reteylerning aksiyalari 3,6 foizga qimmatlashib, bitta aksiyasi narxi 1572,6 dollargacha chiqdi. Shundan so‘ng Jeff Bezosning umumiy bisoti 130,2 milliard dollar (7 foiz oshdi) ga yetdi.

«Amazon» asoschisining asosiy daromadi (95 foiz) internet orqali sotiladigan qimmatbaho qog‘ozlardandir. Mart oyi oxirida AQSh prezidenti Donald Trampning kompaniyalarga soliq tizimini kuchaytirish bo‘yicha rejasi OAV orqali e’lon qilingach, «Amazon» aksiyalarining qiymati pasayishi oqibatida Jeff Bezosning boyligi kamaygan edi. Lekin shunga qaramay, «Forbes» Jeff Bezosni 2018-yilning birinchi choragida dunyodagi eng boy kishi, deb e’lon qilindi.

«Amazon»ning qimmatli qog‘ozlari narxi  kompaniya 2018-yilning 1-choragini yillik hisobda 2,25 barobar sof foyda (1,629 mlrd dollar) bilan yopganidan so‘ng keskin oshib ketdi.

«Amazon» dunyodagi onlayn-ulgurji sotish bo‘yicha yirik kompaniya hisoblanadi. U AQShdan tashqari, Kanada, Xitoy, Braziliya, Yaponiya va Yevropa davlatlarida faoliyat yuritadi.

«Amazon»ga 1995-yili asos solingan. 2018-yil 31-mart holatiga ko‘ra, kompaniyaning 563,1 ming ishchisi bor. Ishchilar soni har yili 1,6 foizga oshib boryapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring