Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elon Mask «Tesla» mashinasi yonib ketganiga munosabat bildirdi

Elon Mask «Tesla» mashinasi yonib ketganiga munosabat bildirdi

Foto: «Zvezda TV»

«Tesla» elektromobili yonib ketgani haqidagi ko‘plab xabarlar kompaniya rahbari Elon Maskda e’tiroz uyg‘otdi.

— Yiliga millionlab ichki yonuv dvigatelli (buni hatto nomi ham aytib turibdi) avtomobillar yonib ketib, minglab odamlar jabr ko‘radi, biroq bitta «Tesla» yonib hech kimga shikast yetmasayam, hammayoqni o‘qlog‘dek sarlavhli xabarlar bosib ketdi. Bu ikkiyuzamachlik-ku? — deb yozdi Elon Mask.

Mask o‘z kompaniyasi chiqarayotgan elektromobillar yong‘indan odatiy avtomashinalardan ko‘ra besh karra yaxshi himoyalanganini aytdi.


Mavzuga oid: Xitoyda «Tesla» mashinasi o‘z-o‘zidan yonib ketdi (video)


Darvoqe, bungacha AQShda fojia yuz bergandi: «Tesla Model S»da bir odam tiriklay yonib ketgan, chunki favqulodda ochish mexanizmi tizimdan o‘chib qolib, hamma eshiklar qulflanib qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring