Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng osoyishta mamlakat — Islandiya haqida 10 ta beqiyos fakt

Eng osoyishta mamlakat — Islandiya haqida 10 ta beqiyos fakt

FOTO: «SM News»

Bu mamlakatning hayratlanarli jihatlari bisyor. Tabiati, odamlari, qonunlari — hammasi bir-biriga uyg‘un. Bejizga vikinglar vatani dunyodagi eng osoyishta yurtlardan biri sanalmaydi, deb yozadi «Rambler».

Bu yerning tabiati juda go‘zal. Islandiyada Yevropadagi eng katta sharshara — Dettifos joylashgan. Shuningdek, bu o‘lka qoyalardagi qushlar bozori, qaynoq buloqlar, muzliklar, sayohatchilar uchun yo‘llari bilan maqtana oladi.

Kitoblar ishlab chiqarish bo‘yicha rekordchi. Buning sabablaridan biri — 12 asrdan beri saqlanib kelayotgan ajdodlar tili. Ko‘pgina qo‘lyozmalarni Islandiyaning har qanday fuqarosi lug‘atsiz bemalol o‘qiy oladi. Ijtimoiy yakkalik va urf-odatlarni ardoqlash tufayli til shu darajada yaxshi saqlanib qolgan.

Eng demokratik mamlakatlardan biri. Fuqarolik huquqlari xuddi tabiat haqida jonkuyarlik qilish kabi nihoyatda muhim. Inson haq-huquqlarini har qanday tahqirlash taqiqlanadi.

Ta’lim deyarli bepul. Bu yerda faqat oliy ta’lim uchun, shunda ham oz-moz haq to‘lanadi. Islandiya savodxonlik bo‘yicha dunyoda eng yuqori o‘rinda.

Xususiy tibbiyot yo‘q. Orolda pulli klinikalarga zarurat yo‘q. Har bir fuqaroning salomatligi davlat nazoratida. Tibbiyot ham jadal rivojlanmoqda. Shu bois yashash va sog‘liqni saqlash tizimi yuqori ko‘rsatkichlarga ega.

Bepul isitish tizimi. Bu noyob qaynoq buloqlar bilan bog‘liq: uylarni 90 foiz isitish bilan ta’minlaydi. Issiq suv esa qaynoq buloqlardan keladi.

Bepul genealogik daraxt. Orol aholisi 30 ming kishi atrofida. Ustiga-ustak, orol ancha vaqtgacha boshqalardan ajralgan holda kun kechirgan. Genealogik daraxt yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi bog‘liqlikdan saqlanish uchun zarur. Yangi tanishgan yigit-qizlar bir-birini doimo bazada tekshirib ko‘rishadi.

Politsiyaning quroli yo‘q. Islandiyada amalda qonunga zid hodisa kuzatilmaydi. Shu bois huquq-tartibot organlari xodimlarini to‘pponcha bilan ta’minlashga zarurat yo‘q. Boz ustiga, bu mamlakat armiyasiz ham.

U yerda deyarli ichishmaydi ham, chekishmaydi ham. Mahalliy olimlar alkogol bilan miya jarayonlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni topishgan. Shunga ko‘ra ular odamning ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi sigareta va ichkilik kabi buyumlar ro‘yxatini tuzib chiqishgan. Mahalliy aholiga zararli odatlar o‘rniga raqs tushish, rasm chizish, qo‘shiq kuylashga mutlaqo bepul qatnashni taklif etishadi.

Yana bu yerda elf va trollarga ishonishadi. Hatto uy yoki yo‘llarni qurish paytida maslahatlashadigan maxsus shamanlari ham bor.

Islandiya tabiat, odamlar va trollarga tegishli. Ehtimol, shuning uchun ham u yerda hamma baxtli bo‘lsa, ajab emas...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring