Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng qimmat shaharlar aniqlandi

Eng qimmat shaharlar aniqlandi

Foto: «Getty»

Turarjoylarning «cho‘ntakbopligi»ga qarab dunyoning eng qimmat shaharlari reytingi tuzildi. Bu haqda «The Business Insider» yozmoqda.

Ushbu reytingda Gonkong — yaqqol yetakchi. Ikkinchi o‘rinda — Vankuver (Kanada).

Sidney va Melburn shaharlari o‘rtasidagi azaliy raqobat shu yerda ham bilindi — Avstraliyaning eng yirik bu ikki shahri eng qimmat shaharlar reytingida uchinchi va to‘rtinchi qatorlarni band qildi.

Keyingi o‘rinlarda: Santa-Kruz (Kaliforniya, AQSh, San-Xose (Kaliforniya, AQSh), Los-Anjeles (Kaliforniya, AQSh), Tauranga (Yangi Zelandiya), Oklend (Yangi Zelandiya), San-Fransisko (Kaliforniya, AQSh).

Tadqiqotchilar 8 mamlakat — Avstraliya, Kanada, Gonkong, Irlandiya, Yangi Zelandiya, Singapur, Buyuk Britaniya va AQShdagi 309 ta turarjoy bozorini hamda aholisi 1 milliondan oshuvchi 91 ta eng yirik turarjoy bozorini o‘rganib, shu xulosaga kelishdi.

Reyting ko‘rsatishicha, uy-joy sotib olish eng qiyin (daromad/narx-navo nisbatida) mamlakatlar — Xitoy, Avstraliya va Yangi Zelandiya.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring