Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yer yuzida o‘simliklarning yo‘qolib ketishi 350 baravar tezlashgan

Yer yuzida o‘simliklarning yo‘qolib ketishi 350 baravar tezlashgan

Foto: «LiveInternet»

Ayni vaqtda sayyoramizda o‘simliklar 350 baravar tez yo‘qolib bormoqda, deya xabar berdi Tyumen davlat universiteti matbuot xizmati 28-avgust kuni xalq olimlar guruhi tadqiqotiga tayangan holda.

Tadqiqot doirasida Avstraliya, Ispaniya, AQSh, Fransiya va JAR yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari botaniklari o‘simlik turlarining asosiy yo‘qolish sabablarini o‘rganishdi.

Unda sayyoramizning bio xilma-xillik nuqtai nazaridan boy (hotspots) va kambag‘al (coldspots) hududlaridagi yo‘qolayotgan turlar tekshirildi. Dunyoning bio xilma-xillik yuqori bo‘lgan hududlarida o‘simliklar turi yo‘qolib ketmoqda va bu jarayon jadalroq kechmoqda.

«O‘simlik turlarining yo‘qolishi ekotizim uchun halokatli oqibatlarga, o‘simlik turlari bilan bog‘liq hasharot va boshqa tirik organizmlarning qirilib ketishiga olib keladi», — deya noxush xulosa chiqargan olimlar.

«Current Biology» jurnalida chop etilgan maqolada tadqiqotchilar shunday xulosa chiqarishadi: bunday qirilib ketishga atrof-muhit, jumladan, sayyoramiz hayotining zamonaviy bosqichlarida qishloq xo‘jaligi va urbanizatsiya buzilishlari sabab bo‘lmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring