Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yer yuzidagi eng keksa toshbaqa 192 yoshini nishonladi

Yer yuzidagi eng keksa toshbaqa 192 yoshini nishonladi

http://guinnessworldrecords.com/

Jonatanning 1886-yildagi va hozirgi kundagi surati. 

Muqaddas Yelena (Buyuk Britaniya) orolida yashovchi Jonatan ismli ulkan toshbaqa hayotining 192 yilligini nishonladi. U tarixdagi eng keksa toshbaqa hisoblanadi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, Jonatan taxminan 1832-yilda tug‘ilgan. Gap shundaki u 1882-yilda Seyshel orollaridan Muqaddas Yelenaga olib kelinganida  to‘liq yetuk edi, ya’ni ular 50 yoshida ana shunday yetuk bo‘ladi. Hattoki o‘sha payti u 50 yoshdan ham kattaroq bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bunday toshbaqalarning o‘rtacha umri 150 yil.

Ko‘p yillar davomida bu toshbaqani kuzatayotgan veterinar Jo Xollinzning aytishicha, Jonatanda «sekinlashuv» belgilari yo‘q. Toshbaqa hidni yo‘qotgan va katarakta bo‘lsada ko‘zlari ko‘radi, ammo uning ishtahasi a’lo. Toshbaqaning ozuqasi vitaminlarga boy meva va sabzavotlarni o‘z ichiga oladi. Sevimli ovqatlari karam, bodring, sabzi, olma va boshqa mavsumiy mevalar. U, ayniqsa, bananlarni yaxshi ko‘radi, garchi ular og‘ziga yopishsa ham. U issiq kunlarda quyoshda toblanishni yaxshi ko‘radi, panjalarini qobig‘idan chiqarib yotadi, juda issiqda esa soyaga yashirinadi. Qishning sovuq kunlarida u o‘zini barglar yoki o‘rilgan o‘tlarga ko‘mib, kun bo‘yi yotadi.

«Jonatanning sog‘lig‘i yaxshi va hozirda barcha belgilar bizni uchinchi asrgacha yashashiga umid qilmoqda, balki uch asrni ko‘rishga ham ulgurgandir» – deydi  zoologlar.

Jonatan yana uchta ulkan toshbaqa bilan yashaydi  – 1969-yilda orolga kelgan va taxminan 55 yoshda bo‘lgan Devid va Emma hamda 1991-yilda keltirilgan  32 yoshga kirgan Frederik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring