Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on o‘zini dunyodagi eng tajribali yetakchi deya aytdi

Erdo‘g‘on o‘zini dunyodagi eng tajribali yetakchi deya aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on dunyoni bilishini, chunki u dunyo yetakchilari orasida eng tajribali deya aytdi. Bu haqda u Turkiya shimoli-g‘arbidagi Chanoqqala viloyatida yoshlar bilan uchrashuvidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri efir vaqtida aytib o‘tgan. Ushbu efin prezidentning Twitterdagi sahifasida e’lon qilingan. 

«Men dunyoni bilaman. Bugungi liderlar orasida men eng tajribalisiman. Bu gaplarni maqtanish uchun emas, balki boshqa rahbarlar orasida o‘z o‘rnimni belgilash uchun aytyapman. Chunki xalqim uchun kimning aslida kim ekanligini bilish muhim», — degan Erdo‘g‘on.

Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘on 2003-yilda o‘zi yetakchilik qilayotgan Adolat va taraqqiyot partiyasi parlament saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng Turkiya bosh vaziri bo‘ldi. 2014-yilda Turkiya prezidenti etib saylangan, 2018-yilda mamlakat prezidentlik boshqaruv shakliga o‘tgandan keyin qayta saylangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring