Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘onning qasamyod qilish marosimiga kimlar keladi?

Erdo‘g‘onning qasamyod qilish marosimiga kimlar keladi?

Shu yil 24-iyun kuni o‘tkazilgan saylovda g‘alaba qozongan Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ertaga, 9-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da Turkiya Buyuk millat majlisida qasamyod qiladi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Turkiya prezidenti matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, qasamyod marosimidan so‘ng prezidentlik tizimiga o‘tish tadbiri ham uyushtiriladi. Shu munosabat bilan tadbirda qator xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilayapti.

Xususan, Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan qatorda Makedoniya, Gvineya, Zambiya, Somali, Bosniya va Gersegovina, Bolgariya, Gruziya, Qirg‘iziston, Pokiston, Ukrainadan oliy martabali mehmonlar kelishadi.  

Oldinroq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya ham ushbu marosimda ishtirok etishi haqida ma’lum qilgan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring