Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron-Afg‘oniston chegarasidagi to‘qnashuvda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Eron-Afg‘oniston chegarasidagi to‘qnashuvda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Eron va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara posti yaqinida sodir bo‘lgan otishmada ikki eronlik chegarachi va bir «Tolibon» jangchisi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha kishi jarohatlangan. Hodisaga nima sabab bo‘lgani hozircha aniq emas. Biroq to‘qnashuv ikki davlat o‘rtasida suv huquqlari bo‘yicha keskinlik ortishi fonida sodir bo‘ldi.

Rasmiy Tehron «Tolibon» hukumatini Hilmand daryosidan Eronning qurib qolgan sharqiy hududlariga suv oqimini cheklab, 1973 yilda tuzilgan shartnomani buzganlikda aybladi, Biroq «Tolibon» bu ayblovni rad etgan.

«Bugun Nimroz viloyatida Eron chegara kuchlari Afg‘onistonga qarata o‘t ochdi, bu esa qarshi javob bilan kutib olindi», degan «Tolibon» boshqaruvidagi ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdul Nafi Takor.

Eron tomonning ma’lumot berishicha, chegaradagi otishma vaqtida 2 nafar chegarachi halok bo‘lgan. 2 nafar Eron fuqarosi yaralangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring