Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron prezidenti Isroilga nega hujum qilinganini aytdi

Eron prezidenti Isroilga nega hujum qilinganini aytdi

Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning aytishicha, «Qo‘shma Shtatlar va bir qator G‘arb davlatlarining buzg‘unchi harakatlari Eronni Isroilga qarshi javob qaytarishiga majbur qildi».

Bu haqda Raisiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi «TASS».

Uning qo‘shimcha qilishicha, Suriyadagi Eron konsulligiga qilingan hujumdan so‘ng xalqaro institutlar, jumladan, BMT hech qanday chora ko‘rmagan. Raisiyning so‘zlariga ko‘ra, bu Eronni BMT Nizomining 51-moddasiga muvofiq o‘zini himoya qilish huquqidan foydalanishga undagan.

13-aprel oqshomida Eron Isroil tomon o‘nlab dron va raketalarni uchirdi. Hujum taxminan besh soat davom etdi. Isroil raketalarning 99 foizini urib tushirganini va unga qarata uchuvchisiz samolyotlar o‘q uzganini aytdi. Shu bilan birga, Eron tomoni yahudiy davlati hududidagi bir qator harbiy nishonlar tor-mor etilgani haqida xabar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring