Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronlik amaldor mamlakatdagi qurg‘oqchilikda Isroilni aybladi

Eronlik amaldor mamlakatdagi qurg‘oqchilikda Isroilni aybladi

Foto:«Sabah.com»

Eron fuqaro mudofaasi tashkiloti boshlig‘i general G‘ulommirzo Jaloliy mamlakatga kelayotgan bulutlarning qisir ekanini aytdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Poytaxt Tehron shahrida bayonot bergan Jaloliy: «Mamlakatimizda kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishida dushmanlarning qo‘li borga o‘xshaydi. Buni Erondagi ilmiy markazlar ham tasdiqlab turibdi», – degan.

Ayrim davlatlar dushman davlatlarning atrof-muhitiga jiddiy ziyon yetkazishi bor gap.

«Isroil va boshqa qo‘shni davlatlar Eron hududiga kirgan bulutlarni yog‘dirmaslikka harakat qilayapti. Shu bois bizning yomg‘ir va qorlarimizni o‘g‘irlashayapti, bulutlarimizni qisir qilmoqda», – degan G‘ulommirzo Jaloliy.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring