Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa ittifoqi mudofaa qudratini oshiradi

Yevropa ittifoqi mudofaa qudratini oshiradi

Foto:«RIA Novosti»

Yevropa ittifoqi AQShdan mustaqil bo‘lish maqsadida mudofaa qudratini yuksaltirib, harbiy xarajatlarini oshirmoqchi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Bundan tashqari, YeIga a’zo davlatlar harbiy hamkorlik to‘g‘risida pakt ishlab chiqishi zarur. YeIga a’zo davlatlar rahbarlari NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan uchrashganidan keyin paktni ishlab chiqishga doir qaror qabul qiladi. Yillar davomida kamaytirib kelingan harbiy xarajatlarni endilikda oshirish talab etiladi.

«Ittifoq ittifoqi mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, mudofaa tizimiga sarmoya kiritishni ko‘paytirish hamda tezkor harbiy tayyorgarlikni yuksaltirishda muhim qadam qo‘ymoqchi. Bu tashabbuslar strategik muxtoriyatni kengaytiradi hamda NATO faoliyatini takomillashtiradi», –deyiladi deklaratsiyada.

Tereza Mey Yevropa xavfsizligini ta’minlashga qayg‘urib, a’zo mamlakatlarning razvedka xizmatlarini ma’lumot almashishga chaqirdi. Biroq Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqi a’zolari bilan hamkorlik mexanizmi aniq emas.

Yevropa ittifoqi sammitida kiberhujumlar va noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishiga qarshi choralar ishlab chiqishga qaror qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring