Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropada arzon aviachiptalar yo‘qoladi

Yevropada arzon aviachiptalar yo‘qoladi

Foto: «Lenta»

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar navbatma-navbat iqlim solig‘ini joriy etishni boshladi. Bu budjet aviakompaniyalar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Ularni arzon aviachiptalar sotish imkoniyatidan mahrum etadi. Bu haqda «Lenta» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, hukumatlar sayyohlarni muqobil transport vositalariga ko‘chirishga undash uchun shunday qarorga kelishgan. Mana, masalan, 2020-yil apreldan Germaniyada ekologiya solig‘i amal qila boshlaydi. Yangi siyosatga ko‘ra, ichki reyslar va Yevropa yo‘nalishlarida (2,5 ming kilometrgacha) parvoz uchun jami yig‘im 15 foizga oshib, 13,03 yevroga yetadi. Avval 7,5 yevro edi.

Shu bilan birga, olti ming kilometr masofagacha parvoz qiladigan sayyohlar 23,4 yevro o‘rniga 33 yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Uzoq masofaga uchadigan sayyohlar esa 42,1 yevro, o‘rniga 59,4 yevro to‘lashga majbur.

Bunday yig‘imlarni Germaniyadan uchib ketayotgan barcha yo‘lovchilar to‘lashi shart. Bu mazkur mamlakat aeroportlarida boshqa samolyotga ko‘chib o‘tgan yo‘lovchilarga taalluqli emas. Bundan tashqari, soliqdan tushgan daromad temiryo‘l chiptalari narxi pasayishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu tariqa Germaniya poyezdlarida safarga chiqish 10 foizga arzonlashishi kutilmoqda.

Germaniyadan tashqari iqlim solig‘i 2020-yildan boshlab Fransiyada ham joriy etiladi. U yerda chiptaning turidan kelib chiqib yig‘imlar 1,5 — 18 yevro atrofida bo‘ladi. Shuningdek, Niderlandiya hukumati 2021- yildan boshlab mazkur soliq turini joriy etishni e’lon qilgan. Shvetsiyada esa ekologiya solig‘i 2018-yildan amalda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring