Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Favqulodda qo‘ngan Flydubai samolyoti bo‘yicha yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi

Favqulodda qo‘ngan Flydubai samolyoti bo‘yicha yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi

Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan Flydubai aviakompaniyasining FZ1073 reysi favqulodda signallar berib, Saudiya Arabistonining Tabuk aeroportiga qo‘ngani xabar qilingan edi.

Ma’lum qilinishicha, hodisaga samolyotning ikki uchuvchisi o‘rtasida yuz bergan jiddiy mojaro sabab bo‘lgan.

Reuters xabariga ko‘ra, Isroil rasmiylari ikkinchi pilot kapitanga pichoq bilan hujum qilgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan. Hodisa paytida Boeing 737 keskin pastlagan, shundan so‘ng vaziyat nazoratga olingan. Har ikki pilot jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Ayrim Isroil OAVlari samolyotda yo‘lovchi sifatida ketayotgan boshqa pilotlar ekipajga yordam berganini xabar qilmoqda. Biroq laynerni aynan yo‘lovchilar qo‘ndirgani haqida rasmiy tasdiq yo‘q.

Flydubai ma’muriyati samolyot Tabukka xavfsiz qo‘ngani va barcha yo‘lovchilar sog‘-omon ekanini tasdiqladi. Aviakompaniya hodisaning tafsilotlarini hozircha ochiqlamagan.

Isroil tomoni hodisani ehtimoliy terrorchilik harakati sifatida ham tekshirmoqda. Biroq motiv bo‘yicha yakuniy xulosa hozircha yo‘q.

Pilotlarning Rossiya va Ukraina fuqarolari ekani haqidagi dastlabki xabarlar ham tasdiqlanmagan. Manbalarda ularning fuqaroligi haqida turlicha ma’lumotlar tarqalmoqda.

Shuningdek, uchoq kapitani jarohatlardan vafot etgani haqidagi xabar ham hozircha ishonchli rasmiy manbalarda tasdiqlanmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring