Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Forbes» jahonning eng nufuzli 100 ayolini aniqladi

«Forbes» jahonning eng nufuzli 100 ayolini aniqladi

Foto: «Delfi»

Germaniya kansleri Angela Merkel sakkizinchi yildirki, «Forbes» talqini bo‘yicha, jahonning eng nufuzli ayoli maqomiga ega bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey, uchinchi — Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagard.

2018-yilning eng nufuzli ayollari ro‘yxatiga, shuningdek, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II (23-o‘rin), AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp (24-o‘rin), Litva prezidenti Dalya Gribauskayte (62-o‘rin), Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd (76-o‘rin) kiritilgan.

TOP-100 ni tark etganlar: AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton, AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli va Myanma tashqi ishlar vaziri Aun San Su Chji.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring