Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada poyezddan sachragan uchqun 8 uyni kul qildi

Germaniyada poyezddan sachragan uchqun 8 uyni kul qildi

Foto:«Haber 7»

Germaniyaning Zigburg shahrida sodir bo‘lgan yong‘in tufayli 8 ta ko‘pqavatli uy foydalanib bo‘lmaydigan holatga keldi, deya xabar beradi «Haber7.com» sayti.

Kyolndan Frankfurtga qatnaydigan tezyurar poyezddan chiqqan uchqun yong‘inga sabab bo‘lgan.

Tilsiz yov tufayli, politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 40 kishi, o‘t o‘chiruvchilar ma’lumotlariga ko‘ra esa 12 kishi yaralangan.

Kyoln va Frankfurt yo‘nalishi bo‘yicha barcha poyezdlar qatnovi bekor qilindi.

Olov bartaraf etilyapti, keltirilgan zarar esa hisoblab chiqilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring