Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya TIV BAA bosh vazirining xotini boshpana so‘raganini tasdiqlamadi

Germaniya TIV BAA bosh vazirining xotini boshpana so‘raganini tasdiqlamadi

Foto: «360tv.ru»

Germaniya tashqi ishlar vazirligi BAA bosh vaziri Muhammad bin Rashid Al Maktumning rafiqasi Xayya bint al-Husayn boshpana so‘ragani haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi. Bu haqda vazirlikning rasmiy vakili Mariya Adebar bayonot bergan.

«Men bu xabarni tasdiqlay olmayman, chunki bizda bu holatni tasdiqlaydigan faktlar yo‘q», — deydi Adebar.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam Britaniyaning The Sun nashri Dubay shayhi Muhammad bin Rashid Al Maktumning rafiqasi katta miqdordagi pul bilan mamlakatni tark etganini ma’lum qilgan edi. Xayya bint al-Husayn 2019 yilning fevral oyidan buyon tadbirlarda ko‘rinmayotgan edi.

Tahmin qilinishicha, u 7 yoshli o‘g‘li va 11 yoshli qizi bilan birga BAAdan qochib ketgan va Germaniyadan boshpana so‘ragan. Shu bilan birga Dubay shayhining rafiqasi 39 million dollar mablag‘ni ham o‘zi bilan birga olib ketgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring