Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gretsiyalik Xatiko xo‘jayinini 18 oydan beri kutyapti (video)

Gretsiyalik Xatiko xo‘jayinini 18 oydan beri kutyapti (video)

Foto: «The Sun»

«The Sun» yozishicha, Gretsiyaning Navpakt shahri yo‘llaridan birida 2017-yilning noyabr oyida baxtsiz hodisa yuz beradi — Xaris ismli 40 yoshli erkak beton qoruvchi mashina tagida qolib halok bo‘ladi.

O‘shandan beri marhumning iti shu joyga kelib yo‘l poylaydi, xo‘jayinini kutadi. Na yomg‘ir, na jaziramada ketgan emas. «Mahalliy Xatiko» tevarak-atrofdagilarga yaxshi tanish. Ular bir narsadan hayron: it bu yerni qanday topib kelgan, axir uning xo‘jayini 12 kilometr narida yashagan-ku?!

Itga achingan ayrimlar uni o‘zlari bilan olib ketishgayam urinishdi, ammo befoyda: it ketmayapti. Keyin unga shu yerda uycha qurib berishdi, suv, ovqat olib kelib turishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring