Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gruziyada qurilish changiga qarshi katta jarimalar bilan kurashishmoqchi

Gruziyada qurilish changiga qarshi katta jarimalar bilan kurashishmoqchi

Foto: kavkazplus.com

Tbilisida qurilish materiallaridan foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi — changlanuvchi materiallarni saqlash va ishlashda qoida buzganlarni katta-katta jarimalar kutmoqda. Bu haqda «NewsGeorgia» «Imedi» telekanaliga asoslanib xabar bermoqda.

Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksiga o‘zgartishlar kiritishi kutilayotgan tegishli qonun loyihasini Gruziya parlamentining Atrof-muhit va tabiat resurslarini himoya qilish qo‘mitasi ishlab chiqqan.

Demak, ushbu qonun loyihasiga ko‘ra, changlanuvchi materiallarni qayta ishlash (qirqish, arralash, maydalash va boshqalar)da namlash usulidan foydalanmaganlik uchun jismoniy shaxslarga 500 lari (189 dollar atrofida) jarima solinadi. Yuridik shaxslar uchun jarima ikki hissa ko‘p — 1 ming lari (377 dollardan ko‘proq).

Agarda qoidabuzarlik takrorlansa jismoniy shaxslar 1 ming, yuridik shaxslar 2 ming lari jarimaga tortiladi.

Changlanuvchi materiallarni qadoqsiz, ochiq havoda saqlaganlik uchun ham jarima ko‘zda tutilgan: jismoniy shaxslar — 200 lari (75 dollardan ko‘proq), yuridik shaxslar — 500 lari.

Gruziyada qurilish qilishda ekologik me’yorlarni buzayotganlarga solinadigan jarimalar miqdori batafsil mana bu havolada.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring