Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda 5 yoshli bola 30 metrlik quduqqa tushib ketib omon qoldi

Hindistonda 5 yoshli bola 30 metrlik quduqqa tushib ketib omon qoldi

Foto: «Rai77»

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida 5 yoshli bolakay 30 metr chuqurlikdagi quduqqa tushib ketdi. Xabar qilinishicha, bola o‘sha vaqtda daraxtda meva terayotgan bo‘lgan.

Bolaning do‘stlari bo‘lib o‘tgan voqeani ota-onasiga aytib berishadi. Ota-ona darhol qutqaruvchilarni chaqirishgan. Shifokorlar quduqqa kislorod yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishadi, qutqaruvchilar esa videokamera tushirishadi.

Quduq tor bo‘lgani sababli qutqaruv ishida muammo yuzaga keladi. Ammo bolakay nafaqat tirik qolgan, balki jarohat ham olmagan edi. U qutqaruvchilarning ko‘rsatmalarini bajara oladi.

Qutqaruvchilar quduqqa arqon tashlashdi va bolakayning oyog‘iga ilashtirib olgach, yuqoriga ko‘tarib olib chiqishdi. Qutqaruv operatsiyasi ikki soat davom etgan va tunda yakuniga yetgan.

Bolakay umumiy hisobda 9 soat quduqda qolib ketdi. Shifokorlarning aytishicha, uning sog‘ligiga hech narsa xavf solmayapti. Bir kunlik kuzatuvdan so‘ng bolaga uyga ketishi uchun javob beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring