Husiylar Yaman janubini nishonga oldi, kamida 53 kishi halok bo‘ldi
Husiy jangarilarining Yaman janubidagi Shabva viloyatidagi harbiy lagerga yo‘llagan raketa hujumi oqibatida 53 kishi halok bo‘ldi.
Sinxua axborot agentligi bu haqda Shabvadagi mahalliy hokimiyatga asoslanib xabar berdi. Shuningdek, 200 dan ortiq odam yaralangan.
Husiylar hukumat kuchlarining o‘quv mashqlari paytida Al-Alam harbiy lageriga ballistik raketa hujumi uyushtirgan. Hujum bo‘linma uchun katta yo‘qotishlarga olib keldi.
Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlar va yaralanganlarning yakuniy soni hali rasmiy manbalar tomonidan to‘liq tasdiqlanmagan.
Avvalroq husiylar Yamanning tan olingan hukumati qarorgohini ham nishonga olgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter