Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask bir hafta ichida 14,5 milliard dollar yo‘qotdi

Ilon Mask bir hafta ichida 14,5 milliard dollar yo‘qotdi

Amerikalik tadbirkor, Tesla, SpaceX va Twitter kompaniyalari rahbari Ilon Mask bir hafta ichida 14,5 milliard dollar mablag‘ yo‘qotdi.

Bu haqda Forbes nashri yozmoqda. 

Nashr jurnalistlari Maskning boyligini ayni damda 187,9 milliard dollarga baholamoqda.

Ta’kidlanishicha, milliarderning kapitali investorlarning Tesla foydasi kutilganidan past bo‘lishidan qo‘rqishi tufayli kamaygan. Tesla aksiyalari hafta davomida 10,8 foizga arzonlashgan. Bunga kompaniyaning choraklik hisoboti sabab bo‘ldi, hujjatga ko‘ra,  ko‘plab elektromobillar omborlarda to‘planib qolgan.

Avvalroq, Forbes qaysi shaharlarda eng ko‘p milliarderlar yashashi xususida xabar bergandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring