Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziya prezidenti poytaxtni ko‘chirmoqchi

Indoneziya prezidenti poytaxtni ko‘chirmoqchi

Jakarta.

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo mamlakat poytaxtini Yava orolidan boshqa joyga ko‘chirmoqchi. Bu haqda «Reuters» agentligi Indoneziyani rivojlantirishni rejalashtirish vaziri Bambang Brodjonegoroga asoslanib xabar tarqatdi.

«Prezident poytaxtni Yavadan olib chiqib ketmoqchi, bu muhim qaror», — dedi Brodjonegoro matbuot anjumanida.

Vazirning aytishicha, poytaxt uchun yangi joy hozircha tanlangani yo‘q. Ma’lum qilishlaricha, poytaxtni ko‘chirish o‘nlab  yillar davom etishi mumkin.

O‘nlab millioner-shaharlar uchun endi Yava oroli torlik qilmoqda, prezident Vidodoning «poytaxtni ko‘chirish» siyosati zamirida ulkan Indoneziyaning qolgan hududlarini ham rivojlantirish maqsadi yotganini anglash qiyin emas.

Ma’lumot uchun: Yava — jahondagi aholisi eng ko‘p orol. Hududi 138,7 ming kvadrat kilometrni tashkil etuvchi Yavada 145 million kishi (2015-yilgi ma’lumot), ya’ni Indoneziya aholisining 55 foizi yashaydi. Yava orolida Indoneziya poytaxti Jakarta (aholisi soni — 10 mln. kishidan ortiq)dan tashqari, Surabaya, Bandung, Bekasi, Tangerang, Depok, Semarang, Bandu singari aholisi million kishidan oshuvchi yirik shaharlar ko‘p.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring