Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Irlandiyadagi ish tashlash sabab 5 ta mamlakatda 400 ta reys bekor qilindi

Irlandiyadagi ish tashlash sabab 5 ta mamlakatda 400 ta reys bekor qilindi

Foto: «RIA Novosti»

Irlandiyaning «Ryanair» aviakompaniyasi uchuvchilarining ish tashlashi tufayli Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya, Belgiya va Niderlandiyada 400 dan ortiq parvoz bekor qilindi, deya xabar beradi «5-tv.ru».

Ish tashlash tufayli 55 ming yo‘lovchi noqulay ahvolda qolgan. Ba’zi yo‘lovchilar kompaniyani sudga berib, pul talab qilmoqchi. Kompaniya ishchilari ham aynan pul sababli ishlarini tashlashgan.

«Ryanair» biletlarni 39 yevrodan sotadi va bir vaqtning o‘zida 1,4 milliard dollar foyda ko‘radi. Tabiiyki, zarar ishchilar bo‘yniga tushadi», – deya Germaniyaning «Vereinigung Cockpit» uchuvchilar kasaba uyushmasi vakili so‘zlarini keltirgan «RIA Novosti».

Holat shunday tarzda davom etaversa, tez orada boshqa namoyishlar ham kuzatilishi turgan gap, deya qo‘shimcha qilgan vakil.

Uchuvchilar ish haqi to‘lashda adolatni o‘rnatish talab qilmoqda. Ular o‘z zimmalariga «Ryanair»ning tadbirkorlik xavflarini olishni xohlashmaydi.

Ish tashlash namoyishi shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 02.59 da yakunlanishi kutilyapti. Uchuvchilar maoshlarining oshirilishini istashyapti. Ayni paytda ularning maoshlari yozgi vaqt bilan hisob-kitob qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring