Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Islandiyada vulqon otildi: shaharcha kulga aylanmoqda

Islandiyada vulqon otildi: shaharcha kulga aylanmoqda

Islandiyadagi vulqon otilishi yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 8 larda boshlandi hali ham davom etmoqda. Mutaxassislarning aytishicha, yaqin kunlarda yana vulqonlar otilishi mumkin.

Islandiyaning janubi-g‘arbiy qismida vulqon otilib, yaqin atrofdagi shaharchaga lava oqib tushib, uylar yonib ketdi. Bu oxirgi haftalarda mintaqada kuzatilgan ikkinchi hodisadir.

Islandiyaning RUV jamoat teleradiokompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan kamera Grindavikga lava oqimini kelib, binolarni kul qilayotganini tasvirga oldi. Islandiya Fuqarolik muhofazasi agentligi vakili Xyordis Gudmundsdottir avvalroq lava shaharga yetib borishi va infratuzilmaga zarar yetkazishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Baliqchilar shahri hisoblangan Grindavik aholisi vulqon otilganidan keyin evakuatsiya qilina boshlagan.

Lava oqimi kuchayganidan keyin politsiya ogohlantirish darajasini oshirdi. Vaziyatni kuzatish uchun Islandiya sohil xavfsizlik xizmati vertolyoti ham safarbar etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring