Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahondagi eng yirik aeroport — dastlabki besh kun

Jahondagi eng yirik aeroport — dastlabki besh kun

Foto: «CNN»

Yevropa va Osiyoni bog‘lab turuvchi qadimiy va ulkan shahar — Istanbulda yangi qurilgan aeroport 2019 -yilning 7—11-aprel kunlari mobaynida 600 ming nafardan ziyod yo‘lovchini qabul qildi. Bu haqda Turkiya davlat aeroportlari bosh boshqarmasi xabar berdi.

Shu axborotga ko‘ra, bu havo porti orqali besh kun davomida 308,6 ming kishi kelib, 329 ming kishi ketgan. 7—11-aprel kunlari «Istanbul aeroporti» to‘rt mingdan ortiq samolyotni qabul qildi.

Aviakompaniyalarning Otaturk nomidagi aeroportdan yangi «Istanbul aeroporti»ga tarixiy ko‘chib o‘tishi jarayoni yakuniy bosqichda ekanini «Anadolu Ajansı» axborot agentligi ma’lum qilgan. Istanbuldagi yangi havo bandargohida xalqaro va ichki reyslar amalga oshirilishi boshlab yuborilgan. Yangi aeroport «Turkish Airlines»dan tashqari, boshqa xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalarini ham qabul qilmoqda.

Ma’lumot uchun: Istanbul aeroporti sutkasiga 350 dan ortiq yo‘nalishda parvoz qilayotgan ikki mingtagacha samolyotni qabul qila oladi. Bu yerda 250 ta aviakompaniya samolyotlariga xizmat ko‘rsatiladi. Xavfsizlikni esa 3 500 nafardan ortiq qo‘riqchi va to‘qqiz mingta kuzatuv kameralari ta’minlaydi.

Aeroportning ochilish marosimida prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘on shunday degandi: «Birinchi bosqichi ochilganidan so‘ng Istanbul aeroporti yiliga 90 million nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Barcha bosqichlar ishga tushgach yo‘lovchilar soni 150 millionga, agar kerak bo‘lsa, 200 million nafargacha yetkaziladi».

Solishtirish uchun: jahondagi eng yirik AQShdagi Xartsfild-Jekson Atlanta aeroporti 2016-yilda 104,1 million nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring