Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada «Maugli-qiz» topildi

Rossiyada «Maugli-qiz» topildi

Foto © OryolTayms

Rossiyaning Orel shahridagi kasalxonalardan biriga 11 yoshli qiz o‘ta holdan toygan va yoshiga nomunosib tarzda aqliy hamda jismoniy jihatdan rivojlanmay qolgan holatda olib kelindi. Qizcha 11 yoshda bo‘lishiga qaramay, besh-olti yoshdagi boladek ko‘rinishga ega bo‘lgan.

Qizcha ko‘p farzandli oilada yashab kelgan, uning yetti aka-uka va opa-singillari bor. U gaplashishni mutlaqo bilmaydi va faqat turli tovushlarni chiqara oladi — chiyillash, qichqirish va vovullash. Qizcha ovqatni ko‘rgani hamono yovvoyilarcha unga tashlanmoqda. Ammo bu odamni dahshatga soladigan tafsilotlarning hammasi emas.

Guvohlar tomonidan ma’lum qilinishicha, qizchani onasi har doim odamlardan yashirib kelgan. Uyda bo‘lganida qafasda saqlagan, biror joyga borish kerak bo‘lsa, g‘ildirakli qafasda olib borilgan. Ona o‘z qizini bir shisha aroq evaziga jinsiy zo‘ravonlik uchun sotib kelgan.

Ayni vaqtda onaga nisbatan jinoyat ishi ochilgan. Barcha bolalar olib qo‘yilgan va maxsus muassasaga joylangan. Mutasaddi shaxslar, tibbiy xizmatchilar va oilaning qarindoshlari hamda tanishlari tergov qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring