Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreya prezidenti xalqidan kechirim so‘radi

Janubiy Koreya prezidenti xalqidan kechirim so‘radi

Yun Sok Yol.

Foto: Rg.ru

Janubiy Koreya prezidenti kuchli yomg‘irlar va toshqinlar oqibatida yetgan zarar uchun mamlakat aholisidan kechirim so‘radi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

«Qurbonlar uchun duodaman va jabrlanganlardan hukumat nomidan kechirim so‘rayman», — dedi Yun Sok Yol tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga bag‘ishlangan hukumat yig‘ilishida.


Mavzuga oid: Seulni suv bosdi — sakson yildan beri kuzatilmagan hodisa


Prezident Yun suv bosishi muammolarini yechishga hukumat mutlaqo yangicha yondashuvni shakllantirishi shartligini ta’kidladi.

«Mamlakatning barcha daryolarida muntazam suv monitoringini yuritish uchun ilg‘or raqamli texnologiyalardan foydalanishimiz zarur», — dedi Koreya Respublikasi prezidenti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring