Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada qancha pensiya olishadi?

Janubiy Koreyada qancha pensiya olishadi?

Foto: novostivl.ru

Janubiy Koreyada oyiga 2 mln. von (~$1,7 ming)dan yuqori pensiya oluvchilar soni 2019-yil yanvar oyiga oxiriga kelib 22 nafarga yetdi. Bu haqda «National Pension Service» xabar bergan.

1,7 ming dollardan ko‘p pensiya oluvchilar soni 2018-yil dekabr oyida atigi 10 nafar edi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yili Koreya Respublikasida 540 ming nafar inson pensiyaga chiqdi, ularga oyiga 910 ming von (~$809) atrofida pensiya to‘lanyapti.

Janubiy Koreyada pensionerlarning 202 ming nafari 1 mln. von (~$890), 7 487 ming nafari esa 1,5 mln. von (~$1 334)dan yuqori pensiya oladi.

2018-yilning yanvaridan boshlab, ya’ni mamlakatda pensiya xizmati tashkil etilganiga roppa-rosa 30 yil to‘lganda, mamlakatda ilk marotaba 2 mln. von (~$1 778)dan yuqori pensiya to‘lana boshlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring