Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jerar Deparde Turkiya fuqarosi bo‘lmoqchi

Jerar Deparde Turkiya fuqarosi bo‘lmoqchi

Foto: «Ural56.ru»

Taniqli fransuz aktyori Jerar Deparde turk matbuotiga bergan intervyusida ushbu mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashish va Turkiya fuqaroligini qabul qilish niyatini bildirdi. Bu haqda «Bild» yozmoqda.

Ayni paytda 69 yoshni qoralagan Deparde tinib-tinchimaydiganlar xilidan. Yaqinginada u 70 yilligini nishonlagan Shimoliy Koreyaga borib harbiy paradda qatnashgandi.

Ayrimlar aktyorning keskin qarorlar chiqarishiga uning ichkilikbozlikka mukkasidan ketayotgani sabab deyishmoqda.

Ma’lumki, ko‘p yillar Jerar Deparde va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning orasi qalin edi, hatto Deparde rus fuqarosiga ham aylangandi.

O‘shanda u fransuz matbuotiga shunday degandi:

«Pasportim ruslarniki, ammo qalban fransuzman».

Darvoqe, pensiyaga chiqqanidan so‘ng g‘alati qiliqlar chiqarayotgan yolg‘iz Deparde emas.

Masalan, amerikalik basketbolchi Dennis Rodman KXDR yetakchisi Kim Chen Inni do‘stim degandi. Rossiyaga serqatnov bo‘lib qolgan Hollivud aktyori Stiven Sigalga esa Putin RF tashqi ishlar vazirligi maxsus vakili unvonini bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring