Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kaliforniya o‘rmonlaridagi yong‘inlarda 48 nafar kishi yonib ketgani aytilmoqda

Kaliforniya o‘rmonlaridagi yong‘inlarda 48 nafar kishi yonib ketgani aytilmoqda

Foto:«Reuters»

AQShning Kalifoniya shtatidagi yong‘inlarda jami 48 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Bu haqda Byutt Kori Xone okrugi sherifi ma’lumotlariga asoslanib, KSBY telekanali xabar bergan.

Sherifning so‘zlariga ko‘ra, Paradayz okrugida yana olti nafar insonning tanasi topilgan. Telekanal axborotiga bo‘yicha yong‘inning 35 foizi bartaraf etilgan. 8,8 ming uy-joy va binolar talofat ko‘rgan, 52 ming kishi esa evakuatsiya qilingan. Yong‘inga kurashishda 5,6 ming o‘t o‘chiruvchi jalb etilgani aytilmoqda.

Avvalroq, qurbonlar soni 31 taga yetgani va prezident Tramp shtatda favqulodda holat e’lon qilgani xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring