Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kaliforniyada yong‘in tufayli favqulodda holat e’lon qilindi

Kaliforniyada yong‘in tufayli favqulodda holat e’lon qilindi

Foto: «Haber7.com»

AQShning Kaliforniya shtatida davom etayotgan yong‘in tufayli favqulodda holat e’lon qilindi, deya xabar beradi «Haber7».

Chorshanba, 25 iyul kuni Janubiy Kaliforniyada sodir bo‘lgan, kecha Shimoliy Kaliforniyaga ham o‘tgan yong‘in ikki kishining umriga zomin bo‘ldi.

Kaliforniya meri Jerri Brovn shtatda favqulodda holat e’lon qildi.

Shimoliy Kaliforniyadagi yong‘inlarda bir nafar o‘t o‘chiruvchi va buldozerchi halok bo‘lgan. Tabiiy ofat hududidagi 65 ta inshoot jiddiy zarar ko‘rdi. 178 kilometrlik maydonni qamrab olgan olovning afaqt 3 foizigina nazorat ostiga olindi.

Shu paytgacha Kesvik shahrini domiga olgan olov endi 91 ming nufusga ega Redding shahriga xavf solyapti.

Olti ming kishi majburiy tarzda evakuatsiya qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring