Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kaliforniyadagi yong‘inlar sabab Paradays shahri yonib kul bo‘ldi (foto)

Kaliforniyadagi yong‘inlar sabab Paradays shahri yonib kul bo‘ldi (foto)

Kaliforniyadagi yong‘in

Foto: «RIA Novosti»

AQShning Kaliforniya shtati Paradays shahri o‘rmonda sodir bo‘lgan yong‘inlar sabab butunlay kulga aylandi, deb xabar qilmoqda «RIA Novosti». Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in kecha, 8 noyabr kuni boshlangan va 8 ming gektardan ziyod yerni egallagan. Mahalliy OAVning yozishicha, minglab uylar yonib ketgan.

«Butun shahar olov ichida qoldi. Bu juda qo‘rqinchli manzara», — deydi Paradaysdan oilasi bilan evakuatsiya qilingan shahar kengashi a’zosi Skott Lotter.

Ma’lum qilinishicha, shahar aholisi to‘liq (27 ming kishi) evakuatsiya qilingan. Yo‘llardagi tirbandliklar sabab ko‘pchilik shaharni piyoda tark etmoqda. Kamida ikki kishi kuyish holati bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Okrug sherifi ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy hisobda ushbu hududdan 50 ming kishi ko‘chirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring