Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanadada bir kunda 2 ta aviahalokat sodir bo‘ldi

Kanadada bir kunda 2 ta aviahalokat sodir bo‘ldi

Foto: «Korrespondent.net»

Kanadada 3 avgust kuni ikkita samolyot halokatga uchradi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.

Birinchi aviahalokat Albert provinsiyasining tog‘li hududlarida sodir bo‘lgan. Parvoz chog‘ida yengil motorli xususiy samolyot yerga tegib ketgan va shundan so‘ng uchuvchi boshqaruvni yo‘qotib, samolyot qoyadan pastga qulagan. Oqibatda uchuvchi va yagona passajir vafot etgan.

Ikkinchi halokat Britan Kolumbiyasi provinsiyasining janubida ro‘y bergan. Unda samolyot ko‘lga qulagan. Bir kishi qurbon bo‘lgan, bir kishi bedarak yo‘qolgan, bir yo‘lovchi jarohatlanib tirik qolgan.

Ikkala hodisa joylarida ham tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring