Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kanadada qish qishligini qilyapti

Kanadada qish qishligini qilyapti

Foto: «Leduc Representative»

Yurtimizda qishning qoq o‘rtasi, biroq havoning avzoyi ko‘proq erta bahorni eslatadi. Biroq bu «global isish» alomati emas. Mana, masalan, Kanadada qish zabtiga olgan.

Xabarlarga ko‘ra, Kanadaning ayrim hududlarida havo harorati ekstremal darajada pasayib ketdi — minus 55 daraja! Ayniqsa, Nyufaundlend, Labrador, Kvebek, Ontario, Manitoba, Saskachevan, Alberta, Britaniya Kolumbiyasi, Nunavut va Yukon provinsiyalariga qish zahrini sochmoqda.

Mamlakat poytaxti Ottavada esa havo harorati -23 darajaga tushib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring