Kechikkan meros: jiyanning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi
Italiyaning Kuneo shahrida yashovchi 51 yoshli erkak amakisining o‘limidan so‘ng meros hujjatlarni rasmiylashtirish chog‘i kutilmagan boylikka duch keldi. Marhum amakisi 2 mlrd lira pulni bank qutisiga yashirib ketgan ekan.
Amaldagi kurs bo‘yicha bu 1 million yevrodan ziyodroq pul.
Ammo bank eski liralarni yevroga o‘tkazishdan bosh tortdi. Chunki mamlakatda liralarni muomaladan yig‘ishtirish va almashtirish muddati bundan 14 yil avval, ya’ni 2012-yilda tugagan.
Merosxo‘r katta boylikdan osongina voz kechmoqchi emas. U advokat yollab, bank ustidan sudga da’vo arizasi kiritdi. Da’vogarning asosiy dalili shundaki, u liralarni oldinroq almashtira olmasdi, chunki bu pul borligidan umuman bexabar bo‘lgan va pullarning mavjudligi faqat merosni rasmiylashtirish davomida aniqlagan.
Eskirgan pullar yangisiga almashtiriladimi yoki fuqaroga tovon puli to‘lanadimi — bunga sud qarori aniqlik kiritadi. Uzoq yillar «tinchgina» yotgan pullar hali ko‘p odamni yugurtiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter