Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelgusi ikkita qishki Olimpiya o‘yinlari Fransiya va AQShda o‘tkazilishi mumkin

Kelgusi ikkita qishki Olimpiya o‘yinlari Fransiya va AQShda o‘tkazilishi mumkin

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 2030 va 2034-yillardagi qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar nomini e’lon qildi.

«XOQ Ijroiya kengashi Fransiya va Solt-Leyk-Siti (AQSh)ni mos ravishda 2030 va 2034-yilgi Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazish uchun imtiyozli da’vogarlar sifatida tanlaydi.

XOQ kelasi yil yakuniy qaror qabul qilinishidan oldin har ikki davlat bilan tegishli muloqotni boshlaydi», – deyiladi Qo‘mita saytida chop etilgan bayonotda.

Ushbu yillarda qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun Shvetsiya va Shveysariya ham ariza topshirgan.

2030 va 2034-yilgi Olimpiada o‘yinlariga mezbonlarni rasman tanlash XOQ sessiyasida 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari boshlanishidan oldin bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring