Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Koreyscha marafon». Bunaqasi hali bo‘lmagan

«Koreyscha marafon». Bunaqasi hali bo‘lmagan

Foto: «BBC»

Janubiy va Shimoliy Koreya hamkorlikda 27-aprel sanasida transchegaraviy marafon o‘tkazishga hozirlik ko‘ryapti. Bu haqda «Yonhap» axborot agentligi xabar berdi.

Kyongi (Koreya Respublikasi) poytaxt provinsiyasi Janubiy va Shimoliy Koreyani bog‘lashi kutilayotgan marafonni o‘tkazishga jiddiy kirishgan.

«O‘xshamay qolgan» Xanoy sammiti va yarimorolda oshib borayotgan keskinlik sabab sport tadbiri o‘tkazilmasligi ham mumkin.

Marafon Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In hamda KXDR yetakchisi Kim Chen In shaxsan uchrashgani (2018-yil, 27-aprel)ning bir yilliga atab ikki mamlakatning demilitarizatsiya zonasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Endi hamma gap shimolliklarda, ular bir og‘iz ha deyishsa bas — marafonga start beriladi. Qolaversa, sportchilar siyosiy barerlardan ham «oshib o‘tishlariga» to‘g‘ri keladi: o‘rtada turgan birlashuv vazirliklari va BMT kuchlari qo‘mondonligidan ham ruxsat kutilmoqda.


Mavzuiga oid: Toshkentda ilk bor yarim marafon o‘tkaziladi


Hammasi hal bo‘lgan taqdirda, marafon marshruti Janubiy Koreyaning Pxaju shahridan boshlanib, Shimoliy Koreyaning Kesonida tugaydi. Marafon qatnashchilari ikki mamlakat chegaralarini hamda demilitarizatsiya zonasini kesib o‘tishadi — bunaqasi hali bo‘lmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring