Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Krokus»dagi terakt IShIDning Afg‘onistondagi qanoti tomonidan muvofiqlashtirilgan – FXB

«Krokus»dagi terakt IShIDning Afg‘onistondagi qanoti tomonidan muvofiqlashtirilgan – FXB

Bishkekda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari kengashida Rossiyaning Federal xavfsizlik byurosi (FXB) tashkiloti rahbari Aleksandr Bortnikov Moskva yaqinidagi Crocus City Hall majmuasida sodir etilgan terakt bo‘yicha 20 dan ortiq odam hibsga olinganini ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, terrorchilarning harakatlari IShIDning Afg‘onistondagi qanoti deya qaraladigan «Viloyati Xorasan» terrorchilik tashkiloti tomonidan muvofiqlashtirilgan.

«Biz hozirda jinoyatga daxldor bo‘lganlarning butun aloqalarini aniqlayapmiz. Yigirmadan ortiq odam hibsga olindi: ular orasida bevosita jinoyatchilar va jinoyatga sherik bo‘lganlar ham bor», – dedi Bortnikov.

FSB direktorining so‘zlariga ko‘ra, «terrorchilarni tayyorlash, moliyalashtirish, hujum qilish va olib chiqib ketish internet orqali «Viloyati Xuroson» guruhi a’zolari tomonidan muvofiqlashtirilgani allaqachon aniqlangan.

«Tergov davom etmoqda, ammo biz hozirdanoq ushbu teraktda Ukraina harbiy razvedkasining aloqasi bo‘lganini ishonch bilan aytolamiz», – deydi Bortnikov.

Bortnikovga ko‘ra, ushbu teraktdan ko‘zlangan maqsad «diniy va milliy omillardan foydalangan holda Hamdo‘stlik mamlakatlari munosabatlariga putur yetkazish»dan iborat.

FSB direktorining qayd etishicha, tergov Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston maxsus xizmatlari va huquq-tartibot idoralari ishtirokida o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, Moskva yaqinidagi Crocus City Hall’da joriy yilning 22 mart kuni bir necha nafar qurollangan shaxslar tomonidan terakt uyushtirilgan va oqibatda 144 kishi qurbon bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring