Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×
IOS qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Lula da Silva to‘rtinchi marotaba Braziliya prezidentligini qo‘lga kiritdi

Lula da Silva to‘rtinchi marotaba Braziliya prezidentligini qo‘lga kiritdi

Foto: AP Photo / Andre Penner

Braziliyada kecha, 25-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi turi rasmiy natijalariga ko‘ra, amaldagi prezident Luis Inasiu Lula da Silva g‘alaba qozondi. Bu uning uning to‘rtinchi muddatga (tanaffuslar bilan) qayta saylanishi.

Oliy saylov sudi (TSE) tomonidan e’lon qilingan yakuniy ovoz berish natijalari quyidagicha:

  • Luis Inasiu Lula da Silva (Ishchilar partiyasi, so‘l qanot) — 51,8 foiz;
  • Flavio Bolsonaru (Liberal partiya, o‘ng qanot) — 48,2 foiz.

Saylovning 4-oktyabrda o‘tgan birinchi turida Flavio Bolsonaru (47 foiz) Lula da Silvadan (45,1 foiz) ustun kelgan edi. Braziliyaning 1989-yildan beri davom etayotgan zamonaviy saylovlar tarixida ilk marotaba birinchi turda pastroq ovoz to‘plagan nomzod ikkinchi turda umumiy g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Raqib — Flavio Bolsonaru saylov natijalarini tan olishdan bosh tortib, ovoz berish vaqti uzaytirilgani sababli natijalarni bekor qilishni talab qilmoqda.

Garchi prezidentlik uchun kurashda Lula da Silva g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, mamlakat Kongressida (parlamentda) o‘ng qanot konservatorlar eng ko‘p o‘rinni egallashdi. Bu esa Lulaning kelgusi qonunchilik islohotlarida jiddiy siyosiy kurashlar bo‘lishidan dalolat beradi.

Luis Inasiu Lula da Silva 1945-yilning 27-oktyabrida tavallud topgan — ertaga roppa-rosa 81 yoshga to‘ladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring