Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maduro: «Tramp Venesuelani ikkinchi Vetnamga aylantirmoqchi»

Maduro: «Tramp Venesuelani ikkinchi Vetnamga aylantirmoqchi»

Foto:«Reuters»

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning fikricha, AQSh rahbari Donald Tramp uning yurtini Lotin Amerikasidagi ikkinchi Vetnamga aylantirmoqchi. Bu haqda Maduro «Tvitter»dagi sahifasida yozgan.

«AQSh xalqi sizlardan Donald Trampning bizning ishimizga aralashishiga qarshi chiqishni so‘rayman. U mening vatanimni Lotin Amerikasidagi Vetnamga aylantirmoqchi. Unga buni qilishga imkon bermang» deya yozgan Maduro. Maduro 60-yillardagi sertalofat urushga ishora qilgan. 

Eslatib o‘tamiz 21 yanvar kuni boshlangan namoyishlar ortidan Venesuelada qo‘shhokimiyatchilik vujudga keldi.

Xuan Guaido. Foto:«News Front»

Mamlakat muxolifati lideri Xuan Guaido o‘zini vaqtinchalik prezident deya e’lon qilgan va AQSh, Kanada, Argentina, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Panama, Paragvay,  Peru kabi davlatlar uni tan olgan.

Rossiya, Kuba, Xitoy, Shimoliy Koreya, Suriya kabi davlatlar Maduroni qo‘llab-quvvatlamoqda.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring