Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Malayziya shahzodasi shved ayoliga uylandi

Malayziya shahzodasi shved ayoliga uylandi

Foto: «Kl menjerit»

Malayziya sobiq qirolining 45 yoshli ukasi, Kelantan sultonligi valiahd shahzodasi Tengku Muhammad Fayz Petra Shvetsiyaning 32 yoshli fuqarosi Sofi Luiza Yoxansson bilan turmush qurdi. To‘y marosimida 300 nafar mehmon qatnashdi.

«Daily Mail» xabariga ko‘ra, to‘y eski saroyda — 1840-yili tiklangan sulton qarorgohida o‘tkazildi.

Shahzoda bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i bilan Londonda o‘qib yurganida tanishgan.

Eslatib o‘tamiz, kuyovning akasi — Malayziya qiroli Muhammad V «Moskva go‘zali» Oksana Voyevodina bilan o‘tgan yilning noyabrida turmush qurgan va mamlakat tarixida taxtdan voz kechgan birinchi qirolga aylangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring