Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marsga birinchi sayohat oxirgisi bo‘lishi mumkin

Marsga birinchi sayohat oxirgisi bo‘lishi mumkin

Foto: «Wikipedia.org»

Yevropa kosmik agentligi Marsga birinchi ekspeditsiya kosmonavtlar uchun oxirgisi bo‘lishi mumkin degan xavotirda. 

Hamma gap shundaki, Marsga uchgan kosmonavtlar (yoki koloniyachilar) qariyb bir yil davom etadigan parvozga dosh bera olmasliklari mumkin. Ta’kidlanishicha, ular dastlabki olti oyning o‘zida butun professional faoliyati davomida olgan radiatsiyaning 60 foizidan ko‘prog‘ini oladi.

«ExoMars» loyihasi mutaxassislari o‘nlab hayvonlar ustidagi kuzatuvlar asosida shunday to‘xtamga kelishgan.

Kosmosda radiatsiyadan samarali himoya mavjud emas, albatta, bunday texnologiyalar bor, ammo antiradiatsion «qobiq» bir necha yuz tonna og‘irlikka ega, uni yig‘ish va orbitaga olib chiqish uchun ko‘p yillar va o‘nlab superog‘ir raketalar kerak bo‘ladi.

Kosmonavtlar organizmida radiatsiya to‘planishi yomon o‘simtalar paydo bo‘lishi ehtimolini 100 foizga tenglashtiradi. Buning oqibatida yangi dunyoga yo‘lning o‘zida ko‘p fazogirlar halok bo‘lishi, omon qolganlari esa Marsda vafot etishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring